Live
6
O'zbek

Keyn: “Oltin toʻp”ga daʼvogarlar qatoridan ekanligimdan xursandman. Yakuniy qaror esa menga bogʻliq emas"

Futbol
7 sentabr, 12:31
    15+
“Bavariya”ning angliyalik hujumchisi hamyurti Maykl Ouenning maqtovlariga munosabat bildirdi.
Keyn: “Oltin toʻp”ga daʼvogarlar qatoridan ekanligimdan xursandman. Yakuniy qaror esa menga bogʻliq emas"
Foto: Getty Images

“Bavariya” klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Maykl Ouen uni bu yilgi “Oltin toʻp” sohibi sifatida koʻrishni xohlayotganiga munosabat bildirdi.

Agar Keyn ushbu sovrinni qoʻlga kiritsa, “Oltin toʻp”ni olgan beshinchi angliyalik futbolchi va 2001 yildan buyon Maykl Ouendan keyingi birinchi ingliz boʻladi. Ouen Harriga ovozli xabar yuborib, “bizning eksklyuziv kichik klubimizga qoʻshilishingga umid qilamiz” deb aytdi.

“Albatta, oʻtkazgan mavsumimdan nihoyatda faxrlanaman.

Maykl kabi futbolchilardan bunday soʻzlarni eshitish menga katta faxr bagʻishlaydi, chunki bolaligimda uning oʻyinlarini koʻrib ulgʻayganman va Angliya milliy jamoasining katta muxlisi boʻlganman.

Yaqindagina men ham professional futbolchi boʻlishni orzu qilgan oddiy muxlis edim. Endi esa mana shu yerdaman, sovrinlarni qoʻlga kirityapman, «Oltin toʻp” ham shulardan biri.

Albatta, endi bu qaror mening qoʻlimda emas. Hammasi ovoz beruvchilar va qaror qabul qiladigan insonlarga bogʻliq. Bu mavsum hozirgacha faoliyatimdagi eng yaxshisi boʻldi. Keyin nima boʻlishini koʻramiz.

Qizigʻi shuki, hozir men allaqachon keyingi mavsum haqida oʻylayapman. Yanada yaxshiroq boʻla olamanmi? Oʻyinimni takomillashtira olamanmi? Shu bilan birga, qilgan ishlarimni ham qadrlashni istayman.

Futboldagi gaplarga kelsak, turli futbolchilar foydasiga juda koʻp fikr va dalillar bor. Odamlar kimnidir yaxshi koʻradi. Yoqtirganlarini “u tezkor”, “uning futbol intellekti juda yuqori” yoki “vaziyatlardan ajoyib foydalanadi”, — deb hisoblashadi.

Shuning uchun menimcha, futbolni oʻziga xos qiladigan narsa ham shu — barcha bahs-munozaralar, jumladan, “Oltin toʻp” borasidagi bahslar ham.

Ushbu sovrin uchun daʼvogarlar qatorida ekanimdan xursandman. Nima boʻlishini koʻramiz"
, — deya Keynning soʻzdarini keltiradi TNT Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Angliya Angliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar