Live
9
O'zbek

«Bavariya» Boeni Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

Futbol
6 sentabr, 07:06
Myunxenliklar yozgi transfer oynasi yopilganiga qaramay, futbolchini Saudiya Arabistoni klublaridan biriga sotmoqchi.
«Bavariya» Boeni Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda
Foto: Getty Images

«Bavariya» Sashа Boeni faol ravishda sotishga urinmoqda. Yevropaning top ligalarida transfer oynasi yopilgan, biroq Saudiya Arabistonida transferlar uchun imkoniyat hali mavjud.

Avvalroq klub sport direktori Kristof Freynd Boening jamoani tark etishi ehtimoli pastligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi boshqa klubga o‘tmasa, «Bavariya» uni tarkibga qaytarishga harakat qiladi.

Biroq jurnalist Kristian Falkning CFBayern Insider nashriga ma’lum qilishicha, «Bavariya» ayni vaqtda Saudiya Arabistoni klublari bilan Boening transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli o‘ng qanot himoyachisining «Bavariya» bilan shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Boening o‘zi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar