Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida «Al Ittihod» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qilmoqda. Birinchi bo‘limdan so‘ng mezbonlar 2:1 hisobida oldinda bormoqda.
«Al Ittihod» hujumchisi Jorj Ilenikena 22-daqiqaga qadar dubl qayd etdi. «An Nasr» tanaffus arafasida Gabriel Anjelo orqali bitta gol farqini qisqartirdi.
Krishtianu Ronaldu «An Nasr»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi, biroq jamoasining gol bilan yakunlangan hujumida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 5-turdan so‘ng «Al Hilol» 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «An Nasr» esa to‘rtta bahsda to‘rtta g‘alaba qayd etgan va yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.