Live
2
O'zbek

Nursulton Ro‘ziboyev UFC turnirida Maykl Peyjga mag‘lub bo‘ldi

MMA
5 sentabr, 17:32
    65+
O‘zbekistonlik jangchi Parijda o‘tgan jangda barcha uch raundni o‘tkazdi, biroq hakamlar g‘alabani raqibiga berdi.
Nursulton Ro‘ziboyev UFC turnirida Maykl Peyjga mag‘lub bo‘ldi
Foto: Getty Images

UFC turnirining Parijda bo‘lib o‘tgan asosiy kardida o‘rta vazn toifasida Nursulton Ro‘ziboyev ingliz jangchisi Maykl Peyjga qarshi oktagonga chiqdi.

Jang uch raund davom etdi. Ro‘ziboyev bir nechta muvaffaqiyatli teykdaundlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Hakamlarning barchasi Peyjning g‘alabasini 29:28 hisobida qayd etdi.

Shu tariqa, 32 yoshli Ro‘ziboyevning UFC’dagi ketma-ket uchta g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi. Uning professional MMA’dagi rekordi 37 g‘alaba, 10 mag‘lubiyat, 2 durang va 2 ta natijasiz jangdan iborat.

39 yoshli Peyj esa ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ingliz jangchisining professional MMA’dagi rekordi 26 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

65+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar