Live
2
O'zbek

«Aston Villa» Angliyada 55 yillik antirekordni takrorladi

Futbol
5 sentabr, 16:18
Birminghem klubi ketma-ket ikkinchi mavsum APLning dastlabki uch turida ham gol ura olmadi.
«Aston Villa» Angliyada 55 yillik antirekordni takrorladi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Hall Siti Hall Siti 0 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» Angliya Premyer-ligasining 3-turida safarda «Hall Siti» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa jamoa mavsumdagi dastlabki uch bahsida ham raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya oliy divizioni tarixida avval faqat bir jamoa ketma-ket ikki mavsumning dastlabki uch turida gol ura olmagan. Bu — 1969/70 va 1970/71 yilgi mavsumlarda «Ipsvich» edi.

«Aston Villa» ayni paytda 1 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda. Jamoaning dastlabki uch turdagi to‘plar nisbati esa 0:5.

Qizig‘i, o‘tgan mavsumda ham «Aston Villa» dastlabki uch turda gol ura olmagan, biroq yakunda 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hall Siti Hall Siti
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar