«Aston Villa» klubi yarim himoyachi Amadu Onana bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
Biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning amal qilish muddati ma’lum qilinmadi.
«Belgiyalik futbolchi «Aston Villa» safida 70 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol muallifiga aylandi. U yarim himoya markazida o‘zini jamoa uchun muhim futbolchi sifatida namoyon etdi.
Ayni paytda Onana tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Klub ichki musobaqalar va Yevropa maydonlarida eng yuqori darajadagi kurashni davom ettirayotgan bir paytda u Unai Emeri jamoasining muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda», — deyiladi birmingemliklar matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Amadu 2024-yilda «Everton»dan «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tgan edi. Bu vaqt davomida «Villa»da 72 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.