Bugun
12
O'zbek

«Inter» Moskera uchun da’vogarga aylandi

Futbol
18 noyabr, 08:02
Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
«Inter» Moskera uchun da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Kristian Moskera faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Inter» klubi ispaniyalik 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Milanliklar Moskerani uzoq muddatli istiqbol uchun munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, Kristianga Turkiyaning «Fenerbahche» hamda Saudiya Arabistonining «Al Hilol» va «An Nasr» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Moskera 2025-yilning yozida «Arsenal» safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar