Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Vissam Ben-Yedder faoliyatini mamlakat uchinchi divizionida davom ettiradi.
«Parij 13 Atletiko» klubi 36 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
Ben-Yedder yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Shartnomaning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan.
Fransiyalik hujumchining so‘nggi klubi Marokashning «Vidod» jamoasi bo‘lgan. U faoliyati davomida «Tuluza», «Sevilya», «Monako», «Sepahon» va «Sakaryaspor» klublarida ham o‘ynagan.
Shuningdek, Vissam Fransiya milliy jamoasi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urgan.