Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Arda Guler bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, turkiyalik 21 yoshli futbolchi 2032-yil 30-iyuniga qadar jamoa sharafini himoya qiladi.
«Arda Guler 2023-yil iyul oyida, 18 yoshida «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Klubimiz safidagi to‘rt mavsum davomida u 126 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, bir marta Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Yevropa Superkubogi, Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek, Arda Turkiya milliy terma jamoasi safida hozirga qadar 38 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
O‘tgan yilning sentabr oyida u 2025/2026-yilgi mavsumda Chempionlar ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgan», — deyiladi klub xabarida.
Avvalroq «Real» Ryudigerning kelajagi borasida bir qarorga kelgani xabar qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi