«Xetafe» himoyachisi Daniyel Karvaxal 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishni juda istaganini aytdi. Futbolchi Ispaniya milliy jamoasining turnirdagi barcha bahslarini kuzatgan.
«Men Ispaniya milliy jamoasining Jahon chempionatidagi birorta bahsini o‘tkazib yubormadim. Finalda g‘alaba qozonganimizda juda xursand bo‘ldim, biroq ko‘z yoshlarimni tiya olmadim. Axir men ham u yerda bo‘lishim mumkin edi... Aynan shu sovrin menga yetishmayapti. Klub miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritganman, Yevropa chempioni ham bo‘lganman. Jahon chempionati — har bir futbolchi orzu qiladigan musobaqa», — dedi Karvaxal laSexta Deportes nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya milliy jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani mag‘lub etdi. Bahs 1:0 hisobida yakunlangan.
Karvaxal Ispaniya milliy jamoasi safida barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushgan. U hisobiga bitta gol va yettita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Futbolchi milliy jamoa safidagi so‘nggi bahsini 2025 yil sentabr oyida o‘tkazgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi