Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyodagi eng qimmat darvozabonlar reytingini eʼlon qildi.
Roʻyxatga jami 100 nafar darvozabon kiritilgan. Birinchi oʻrinni 80,6 million yevroga baholangan «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Joan Garsiya egalladi.
Ikkinchi pogʻonadan 79,9 million yevroga baholangan italiyalik Janluiji Donnarumma joy oldi. Uchinchi oʻringa esa 64,2 million yevroga baholangan belgiyalik Senne Lammens qoʻyildi.
Top-10 reyting quyidagicha koʻrinish olgan:
• Joan Garsiya («Barselona») — 80,6 mln yevro;
• Janluiji Donnarumma («Manchester Siti») — 79,9 mln yevro;
• Senne Lammens («Manchester Yunayted») — 64,2 mln yevro;
• Zion Suzuki («Aston Villa») — 59,5 mln yevro;
• Bart Verbruggen («Brayton») — 57,9 mln yevro;
• Mayk Penders («Chelsi») — 57,1 mln yevro;
• Lukash Gornichek («Nyukasl») — 55,9 mln yevro;
• Robin Rufs («Sanderlend») — 52,3 mln yevro;
• Matvey Safonov («PSJ») — 50,8 mln yevro;
• Jonas Urbig («Bavariya») — 50 mln yevro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi