«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares «Barselona» futbolchilari jamoa oldiga qo‘yilgan yuqori talablar sabab doimiy bosim ostida o‘ynashini aytdi. Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar safida har bir bahsdan keyin futbolchilarga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgarishini ta’kidladi. The Touchline uning so‘zlarini keltirmoqda.
«Barselona»da har uch kunda o‘z saviyangni isbotlashing kerak. «Real»ni mag‘lub etsang, eng yaxshi futbolchiga aylanasan. Oradan uch kun o‘tib, «PSJ»ga yutqazsang, shubhalar boshlanadi. Hujumchi «Real» darvozasiga uchta gol uradi, ammo «PSJ»ga qarshi bahsda gol ura olmaydi. Shunda birdaniga uning o‘yini haqida savollar paydo bo‘ladi. «Barselona» futbolchilari yil davomida shunday bosim ostida bo‘lishadi», — dedi Suares.
Ma’lumot uchun, Luis Suares 2014–2020-yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Kataloniyaliklardan ketganidan keyin u «Atletiko» safida ham o‘ynadi, hozirda esa «Inter Mayami»da faoliyatini davom ettirmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi