Bugun
12
O'zbek

Zaha sobiq jamoasiga qaytishga yaqin

Futbol
18 noyabr, 05:52
Wilfrid 2015-yildan 2023-yilgacha London klubi sharafini himoya qilgan.
Zaha sobiq jamoasiga qaytishga yaqin
Фото: Getty Images

«Kristal Pelas»ning sobiq vingeri Wilfrid Zaha London klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ivuarlik 34 yoshli hujumchining jamoaga qaytish ehtimoli Per Saj bosh murabbiylik lavozimidan ketganidan so‘ng oshgan. U bilan klub o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani sababli shartnoma imzolash imkoni bo‘lmagan. Bunga qadar Zaha klub bazasida mashg‘ulot o‘tkazib kelgan.

Ta’kidlanishicha, Tomas Frankning «burgutlar» bosh murabbiyi etib tayinlanishi erkin agent maqomidagi futbolchi bilan shartnoma imzolash imkonini yaratgan. Klub ham sobiq o‘yinchisi bilan qisqa muddatli bitim imzolashga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Wilfrid 2015-yildan 2023-yilgacha London klubi sharafini himoya qilgan. U jamoa safida 458 ta uchrashuvda maydonga tushib, 90 ta gol urgan va 54 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar