U19 chempionatining 2026-yilgi mavsumi yakuniga yetdi. Final bahsida «Paxtakor» yoshlari «Nasaf»ga qarshi maydonga tushib, 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 13-daqiqada Asadbek Shuhratov hisobiga yozildi.
Shunday qilib, yosh «sherlar» U19 chempionatining uch karra g‘olibiga aylandi. 3-o‘rin uchun bahsda Respublika FA U19 jamoasi «Mash’al»ni 2:0 hisobida yengdi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi U19 chempionatida 3 ta mintaqada jami 29 ta jamoa qatnashdi. O‘tgan yili ham chempionlik «Paxtakor» tarbiyalanuvchilariga nasib etgan edi.
U19 chempionati. Final
Nasaf – Paxtakor 0:1
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Gol: Asadbek Shuhratov 13.
Chetlatish: Mo‘minjon Shuhratov («Paxtakor»).