FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusda «Paxtakor» o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Tojikistonning «Xo‘jand» klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.
Qibrayda o‘tgan bellashuvda «sherlar» 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Stefan Chinedu, Resan, Kamolxonov va Sharofiddinovning gollari jamoaga yirik g‘alabani taqdim etdi. Kamolxonov va Sharofiddinov dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» Superliganing navbatdagi turida 20-noyabr kuni safarda «Lokomotiv» mehmoni bo‘ladi.
Nazorat o‘yini
Paxtakor — Xo‘jand 5:0
Gollar: Chinedu, Resan, Kamolxonov (2), Sharofiddinov (2).