Bugun
12
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida 60-o‘rinni band etdi

Futbol
18 noyabr, 04:28
    13
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa hisobida 1418,10 ochko mavjud.
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida 60-o‘rinni band etdi
Фото: ЎФА

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi 1 pog‘onaga pastlab, 60-o‘rinni egalladi. Ayni paytda Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa hisobida 1418,10 ochko mavjud.

Noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida «oq bo‘rilar» ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, umumiy hisobda 1,49 ochko jamg‘ardi. Xususan, O‘zbekiston 12 noyabr kuni Rossiyaga qarshi bahsda (2:3) 3,86 ochko yo‘qotgan bo‘lsa, 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng 5,35 ochkoga ega bo‘ldi. Shunga qaramay, umumiy jadvalda jamoa bir pog‘ona pastga tushdi.

Osiyo terma jamoalari orasida Yaponiya 17-o‘rin (1684,61 ochko) bilan yetakchilikni saqlab qoldi.

Umumiy reytingda Ispaniya 2004,48 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Yangilangan FIFA reytingi (top-10):

1. Ispaniya — 2004,48 (-8,68)
2. Argentina — 1966,13 (+1,18)
3. Fransiya — 1950,82 (+2,75)
4. Angliya — 1938,90 (+8,68)
5. Marokash — 1809,37 (+2,00)
6. Portugaliya — 1801,28 (+3,68)
7. Braziliya — 1800,91 (+0,55)
8. Belgiya — 1790,37 (+6,64)
9. Niderlandiya — 1774,06 (-8,37)
10. Kolumbiya — 1735,90 (-2,47)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar