O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bayonotiga ko‘ra, milliy jamoa tibbiy shtabi zudlik bilan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv natijasida Fayzullayevning o‘ng oyog‘i to‘piq qismi shikastlangani ma’lum bo‘ldi.
«Ayni paytda futbolchini imkon qadar tezroq safga qaytarish maqsadida terma jamoa va klub tibbiy shtablari hamkorlikda barcha zarur tibbiy muolajalarni boshlab yubordi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Qatarda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik bahsida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda Sherzod Esanov dubl qayd etgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi