Live
11
O'zbek

Semak: «Yigitlar Oʻzbekistonga qarshi bahsda qoyil qolarli ishni uddalashdi»

Futbol
13 noyabr, 15:10
Sergey oʻyin borasida oʻz fikrlarini bildirdi.
Semak: «Yigitlar Oʻzbekistonga qarshi bahsda qoyil qolarli ishni uddalashdi»
Фото: ЎФА
12.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 2 : 3 Rossiya Rossiya

«Zenit» bosh murabbiyi Sergey Semak Rossiya milliy jamoasining Oʻzbekistonga qarshi oʻtkazgan oʻrtoqlik uchrashuvi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

— Rossiya milliy jamoasi Oʻzbekiston bilan oʻyin oʻtkazdi. Afsuski, «Zenit»ning yagona vakili Artem Karpukas maydonga tushmadi. Uchrashuvni kuzatdingizmi? Milliy jamoa oʻyinida oʻzingiz uchun biror jihatni alohida taʼkidladingizmi?

— «Milliy jamoaning har bir oʻyini — yangi tarix. Baʼzan oʻyin sifati va natija nuqtayi nazaridan yaxshi uchrashuvlar oʻtkaziladi. Kechagi bahsda esa eng asosiy ijobiy jihat — natija boʻldi. Hisob 0:2 boʻlib turganida yigitlar vaziyatni oʻzgartirib, mehmonda gʻalaba qozonishdi. Bunday natijaga erishish har doim ham oson emas. Shu nuqtayi nazardan, yigitlar qoyil qolarli ishni uddalashdi. Oʻyindagi oʻzaro aloqalar va jamoaviy harakatlarga kelsak, bu borada oʻsha jamoa bosh murabbiyidan soʻragan maʼqul. U futbolchilar va jamoaviy oʻyindan qay darajada qoniqqanini yaxshiroq aytib bera oladi. Albatta, men bu uchrashuvni koʻrdim», — dedi Semak, uning soʻzlarini klubning rasmiy sayti keltiradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar