Bugun
42
O'zbek

Nurmagomedov Merab bilan janjallashgani uchun 6 oyga qamaldi

MMA
13 noyabr, 15:56
Shuningdek, rossiyalik sportchi jarimaga ham tortildi.
Nurmagomedov Merab bilan janjallashgani uchun 6 oyga qamaldi
Фото: Getty Images

Rossiyalik jangchi, Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabidagi mehmonxonada gruziyalik Merab Dvalishvili bilan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgani uchun olti oyga qamaldi va 300 ming dirham (taxminan 82 ming dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, aybdor deb topilganlar belgilangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin BAA hududidan chiqarib yuboriladi. Abu-Dabi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi jami o‘n kishini aybdor deb topgan, ulardan sakkiz nafariga qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Dvalishvili o‘rtasidagi mushtlashuv 11-noyabr kuni Abu-Dabining Yas orolidagi Yas Hilton mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Bu voqea keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Bugungi yangiliklar