Live
11
O'zbek

«Milan» van Deykka qiziqish bildirmoqda

Futbol
13 noyabr, 15:19
O‘z navbatida, «Liverpul» ham Virjil bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.
«Milan» van Deykka qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Milan» klubi «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Niderlandiyalik futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi yakuniga yaqinlashmoqda. Agar tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olmasa, van Deyk jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «rossonerilar»ning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi anchadan buyon davom etmoqda. Klub egasi Jerri Kardinale va katta maslahatchi Zlatan Ibragimovich himoyachining yetakchilik fazilatlari hamda maydondagi mahoratini yuqori baholashadi.

Biroq «Milan» van Deyk uchun Saudiya Arabistoni va Turkiya klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ular orasida «Fenerbahche» va «Galatasaroy» ham bor. O‘z navbatida, «Liverpul» ham Virjil bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar