«Manchester Siti»ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq ish bo‘yicha apellyatsiyasi dekabr oyi o‘rtasida ko‘rib chiqiladi.
Financial Times nashri xabar berishicha, eshituv bir necha kun davom etishi mumkin, mustaqil komissiyaning qarori esa 2027-yil yanvar oyining dastlabki kunlarida e’lon qilinadi.
Mustaqil komissiya apellyatsiya bo‘yicha o‘z xulosasini chiqargach, klubga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar masalasi hal etiladi. Biroq jazo choralari aynan qachon kuchga kirishi hozircha noma’lum. Shuningdek, belgilanadigan sanksiyalar ustidan ham apellyatsiya berish mumkin bo‘ladi. Bu esa jarayon yanada cho‘zilishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq «Manchester Siti»ga qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani xabar qilingandi. Ayblovlar moliyaviy ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar, shuningdek, moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq.