Yevropada Millatlar ligasining 5-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Qozog'iston milliy jamoasi mehmonda Moldova bilan kuch sinashdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Popesku moldovaliklar safida dublga erishdi. Qo'shnilarimizning yagona goliga Chesnokov mualliflik qildi.
Bu natijadan so'ng Moldova ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 2-o'ringa ko'tarildi. Qozog'iston 2 ochko bilan 4-pog'onada.
Millatlar Ligasi. 5-tur
Moldova - Qozog'iston 2:1
Gollar: Popesku 39, 77 — Chesnokov 51.
Moldova — Chelyadnik, Rebchuk, Baboglo (Shtefan, 83), Gerasimov, Perchun, Fratya (Motspan, 58), Popesku, Iovu, Kleshchenko (Betivu, 58), Revenko (Forov, 65), Ratsa (Bogachiuk, 66).
Qozog'iston — Pokatilov, Alip, Kasim, Mrinskiy, Jagorov (Vorogovskiy, 46), Samorodov, Amir (Kenjebek, 69), Chesnokov (Jaksilikov, 78), Karaman (Abiken, 78), Orazov (Quat, 69), Yerlanov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi