Okko telekanali sharhlovchisi Pavel Chepurin O‘zbekistonga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Nikolay Komlichenkoga bir kilogramm pomidor sovg‘a qildi.
«Lokomotiv» klubining 31 yoshli futbolchisi bellashuvning 66-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va dubl qayd etdi.
2024 yilda, hali «Rostov» safida to‘p tepayotgan paytida Nikolay do‘konlardagi narxlar uni hayratga solishi va hatto qo‘rqitishi haqida gapirgan edi.
«Masalan, o‘zbek pomidorlari bor, ularning narxi ming rubldan ham qimmat», — degandi futbolchi.
«25 ming so‘m taxminan 170 rubl bo‘ladi», — dedi Chepurin efir vaqtida Komlichenkoga pomidorlarni topshirar ekan.
«Bu yerda arzon ekan. Rossiyadagidan taxminan 10 barobar arzon», — deb javob berdi futbolchi.
«Rossiyada esa ming rubl», — deya qo‘shimcha qildi Chepurin.
O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etgan Komlichenkoga pomidor sovg‘a qilindi
Futbol
13 noyabr, 02:40
16
Hujumchi 2 yil avval o‘zbek pomidorlari qimmat ekanligi haqida gapirgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi