Bugun
12
O'zbek

Rodri: «Barselona»ning maqsadi — barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish»

Futbol
18 noyabr, 06:53
    11
«Barselona» 33 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Rodri: «Barselona»ning maqsadi — barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish»
Фото: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoaning bu mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi.

«Barselona»ning maqsadi — barcha musobaqalarda g‘olib chiqishga intilish. Shu bilan birga, o‘zimizga ortiqcha bosim yuklamoqchi emasmiz. Biz o‘z o‘yinimiz saviyasini oshirishimiz va mavsum davomida ushbu darajani saqlab qolishimiz kerak. Shunda mart va aprel oylariga kelib, sovrinlar uchun haqiqiy kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 12-turidan so‘ng «Barselona» 33 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Flick boshqaruvidagi «Barsa» ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubidan uch ochkoga o‘zib ketgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar