Bugun
12
O'zbek

«Arsenal» Timber bilan shartnomani uzaytiradi – Romano

Futbol
18 noyabr, 07:51
Yangi kelishuv 2031-yil yoziga qadar amal qiladi.
«Arsenal» Timber bilan shartnomani uzaytiradi – Romano
Фото: Getty Images

«Arsenal» klubi rahbariyati himoyachi Yurriyen Timber bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2031-yil iyunigacha amal qiladigan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Yaqin vaqt ichida «to‘pchilar» tomonidan rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 2023-yilda niderlandiyalik 25 yoshli futbolchini 40 million yevro evaziga «Ayaks»dan sotib olgandi. Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Timberning transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Arsenal» Deklan Rays London klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar