O‘zbekiston milliy jamoamiz safarda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, vakillarimiz FIFA kunlarida ikkita o‘yin o‘tkazib, bir mag‘lubiyat va bir g‘alabaga erishdi.
Taniqli futbol mutaxassislaridan biri Ja’far Irismetov Tribuna.uz sayti uchun milliy jamoamizning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yini borasidagi o‘z tahlil va mulohazalarini bildirdi.
«O‘zbekistonning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yiniga nima deyish mumkin?
Yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. G‘alabaga ishtiyoqi baland bo‘ldi. Qandaydir «konkret» taktika ko‘rmadik-u, ammo g‘alabaga bo‘lgan katta ishtiyoq evaziga yutishdi, deb o‘ylayman. Saudiya Arabistoni jamoasi taktik jihatdan biroz yaxshiroq o‘ynadi, lekin futbolchilarimiz xarakter ko‘rsatib, o‘yinni yutib ketishdi. Ayrim epizodlarda yaxshi o‘ynadik, deb hisoblayman.
Tarkibda Shomurodov yo‘q edi. Biz to‘liq tarkibda emasdik. O‘yindan mamnun bo‘lmadik, ammo natijadan mamnun bo‘ldik. Saudiya Arabistonini anchadan beri yutmayotgan ekanmiz, bu safar yutganimiz yaxshi bo‘ldi. FIFA kunlarini yaxshi hissiyotda tugatdik. G‘alabamizning asosiy sababini aytdim.
O‘yin davomida yoqmagan narsalar: jamoaviy himoyada biroz bo‘sh o‘ynadik, raqibga imkoniyatlar berib qo‘ydik. O‘yinchilar orasida bo‘shliqlar ko‘p bo‘ldi. Oxirida Saudiya 10 futbolchi bo‘lib qolganida ham 6-7 ta vaziyat yaratdi. Shu jihatlari yoqmadi. Hatto 11 futbolchi bo‘lib qolganimizda ham to‘pni nazorat qila olmadik. Yoqgan tomoni esa jamoaning xarakteri. Aynan xarakter ko‘rsatib g‘alabaga erishdik. Menimcha, natija hammaga yoqdi, deb o‘ylayman, ammo o‘yin emas.
Milliy jamoamizning Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvlaridagi farq nimada bo‘ldi? Menimcha, natijada bo‘ldi. Rossiyaga qarshi Eldor Shomurodov o‘ynagandi. Qolaversa, ularga qarshi o‘yinni yaxshi boshlagandik. Gollar urgandik. Lekin deyarli ikkala uchrashuvni bir xil desa bo‘ladi. Rossiya futbolchilari to‘pni ko‘proq nazorat qilishdi. Shunga qaramay, biznikilar gollar urishdi. Kannavaro yangi o‘yinchilarni chaqirib, tarkibda eksperiment qilayotgani hisobiga o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘ra olmadik. Biroq jamoaning xarakterini ko‘rdik», - dedi Irismetov.
Ja’far Irismetov: «O‘yindan mamnun bo‘lmadik, ammo natijadan mamnun bo‘ldik»
Eksklyuziv
18 noyabr, 04:23
13
Taniqli futbol mutaxassisi Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.
Фото: ЎФА
17.11.2026
FT
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Saudiya Arabistoni
1
:
2
O‘zbekiston
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi