Live
2
O'zbek

Kivu: «2:2 hisobidan keyin Italiyada deyarli hech qachon ko‘rmaydigan holatni ko‘rdik»

Futbol
5 sentabr, 15:58
«Inter» bosh murabbiyi «Napoli» ustidan qozonilgan g‘alabada jamoasining xarakterini alohida ta’kidladi.
Kivu: «2:2 hisobidan keyin Italiyada deyarli hech qachon ko‘rmaydigan holatni ko‘rdik»
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Italiya A seriyasi Inter Inter 3 : 2 Napoli Napoli

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining 3-turida «Napoli» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabani izohladi.

«Avvalo, 0:2 hisobida ortda qolganimizdan keyingi reaksiyamizni ta’kidlamoqchiman. O‘yin boshida o‘z falsafamizga amal qilishni, jasorat bilan va sifatli harakat qilishni xohlagandik. «Napoli» bizni bosim ostida qoldirdi va qarshi hujumdan gol urdi, bunda ularga ikki marta rikoshetlar ham yordam berdi», — dedi Kivu.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, «Inter» hisobdagi ortda qolishdan keyin o‘zini yo‘qotmagan va qanotlardan faol foydalanishga harakat qilgan.

«Biz tarqab ketmadik, tempni oshirdik va qanotlardan foydalanishga harakat qildik. Maydonda yuqori darajadagi futbolchilarimiz bor edi. Hisob 1:2 bo‘lganidan keyingi gol bizga qo‘shimcha turtki berdi va tavakkal qilishga qaror qildik. Bu o‘zini oqladi. 2:2 hisobidan keyin Italiyada deyarli hech qachon ko‘rmaydigan holatni ko‘rdik: jamoalar odatda durangga rozi bo‘lishadi. Bu bahs har qanday natija bilan yakunlanishi mumkin edi», — deya qo‘shimcha qildi Kivu.

Ma’lumot uchun, «Inter» 3-turdan so‘ng 9 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar