Rikardo Rodriges “Torino”ga qaytdi.
Turin klubi 34 yoshli himoyachi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. Tomonlar 2027 yil 30 iyuniga qadar moʻljallangan bitim tuzishdi. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Rodriges 2020–2024 yillar oraligʻida ham “Torino” safida toʻp tepgan. Shundan soʻng u “Betis”ga oʻtgan va oʻtgan mavsum yakunida Ispaniya klubini tark etgandi.
Shveysariya milliy jamoasi futbolchisi oʻtgan mavsumda La Ligada 23 oʻyinda 1 ta golga assistentlik qilgan.
Rikardo Rodriges “Torino”ga qaytdi
Futbol
4 sentabr, 01:34
Shveysariya milliy jamoasi himoyachisi La Ligani tark etib, yana A Seriyada oʻynaydigan boʻldi.
Foto: Torino