Live
2
O'zbek

Lautaro: «Tyuram menga aqldan ozganimni aytdi»

Futbol
5 sentabr, 15:10
«Inter» hujumchisi «Napoli» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng bahsdagi hissiyotlari haqida gapirdi.
Lautaro: «Tyuram menga aqldan ozganimni aytdi»
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Italiya A seriyasi Inter Inter 3 : 2 Napoli Napoli

Italiya chempionatining 3-turida «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Lautaro Martines dubl qayd etib, 92-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

«Tyuram golni nishonlash uchun maydon chetidagi to‘siqqa chiqib olganimni ko‘rib, meni aqldan ozgan deb aytdi. Ammo oxir-oqibat u ham yonimga qo‘shildi», — dedi argentinalik hujumchi.

«Hozir eng muhimi — yaxshi sport formasiga kirish. Jahon chempionatidan keyin to‘laqonli mavsumoldi tayyorgarligisiz qaytish oson emas. Qaytishni amalga oshirganimizdan juda xursandman. O‘tgan mavsumda bizga shunday xarakter yetishmagan edi. Har mavsumda talablarni oshirib, buni maydonda isbotlashga harakat qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi Martinea.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» 9 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar