Live
2
O'zbek

Saudiya Proligasi. «Al Ittihod» Ronaldu boshchiligidagi «An Nasr»ni mag‘lub etdi

Futbol
5 sentabr, 16:08
    1
Jorj Ilenikena dubl qayd etgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Saudiya Proligasi. «Al Ittihod» Ronaldu boshchiligidagi «An Nasr»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Ittihad Al-Ittihad 2 : 1 Al Nassr Al Nassr

Saudiya Arabistoni Proligasining 5-turida «Al Ittihod» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jorj Ilenikena 4-daqiqadayoq «Al Ittihod»ni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada hujumchi yana bir bor gol urib, dublini rasmiylashtirdi. 36-daqiqada «An Nasr» safida Gabriel Anjelo bir gol farqni qisqartirdi, biroq mezbonlar qolgan vaqtda hisobni saqlab qoldi.

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bahsni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi. Shu tariqa jamoa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Ushbu natijadan so‘ng «An Nasr» 12 ochko bilan ikkinchi, «Al Ittihod» esa 11 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Saudiya Proligasi. 5-tur
Al Ittihod — An Nasr 2:1
Gollar: Ilenikena 4, 23, Anjelo 36.

Al Ittihod: Raykovich, Al Julaydan (Al Shankiti, 53), Danilo Pereyra, Kadesh, Abdi, Lopi, Muxtar Ali (Richard Rios, 46), Al G‘amdi (En Nesiri, 67), Aua, Bergveyn (Kaabi, 82), Ilenikena (Al Sahafi, 67).

An Nasr: Al Aqidi, Al Bushayl, Simakan, Al Amri, Al Najdi (Ayman Yahya, 60), Koman (Al Nasser, 60), Samu Koshta (Al Haybari, 78), Gabriel Anjelo (Al Hamdan, 78), Mane, Joau Felish, Krishtianu Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Samu Kosta 55, Al Amri 90.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar