Gabriel Martinelli “Arsenal”dan “Al Hilol” klubiga oʻtdi.
Saudiya klubi 25 yoshli vinger transferini rasman eʼlon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq braziliyalik futbolchining transfer qiymati 70 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingandi. Bu “toʻpchilar” tarixidagi eng qimmat sotuv hisoblanadi.
Martinelli oʻtgan mavsumda APLda 30 ta bahsda maydonga tushdi. U har bir oʻyinda oʻrtacha 35 daqiqa maydonda boʻldi, jami 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Martinelli — “Al Hilol” futbolchisi
Futbol
3 sentabr, 13:08
25+
Braziliyalik 25 yoshli vinger “Arsenal” tarixidagi eng qimmat “uchirma”ga aylandi.
Foto: Al Hilal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi