Joau Mariu faoliyatini yana Gretsiyada davom ettiradi.
“Beshiktosh” bilan shartnomasi yakunlangan 33 yoshli yarimhimoyachi erkin agent sifatida AYEK safiga qoʻshildi.
Portugaliyalik futbolchi oʻtgan mavsumni aynan AYEK safida ijarada oʻtkazib, 26 oʻyinda 2 gol va 1 assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygandi.
Mariu 2016 yili Portugaliya safida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. U faoliyati davomida “Benfika”, “Sporting”, “Inter”, “Vest Hem” va “Lokomotiv M” klublarida ham oʻynagan.
Joau Mariu Gretsiya klubiga oʻtdi
Futbol
3 sentabr, 17:14
Portugaliyalik Yevropa chempioni “Beshiktosh” bilan toʻliq xayrlashdi.
Foto: Getty Images