“Olimpiakos” Leon Beyli transferini eʼlon qildi.
29 yoshli vinger Gretsiya klubiga “Aston Villa”dan oʻtdi.
Transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etdi. Shartnoma 2029 yil yozigacha moʻljallangan.
Yamaykalik futbolchi Birminghem jamoasida 2021 yildan beri oʻynab kelayotgan edi. U oʻtgan mavsumda APLda 13 oʻyinda 1 ta golga assistentlik qilgan.
Beyli faoliyati davomida “Bayer”, “Roma” va “Genk” klublarida ham toʻp tepgan.
Leon Beyli — “Olimpiakos” futbolchisi
Futbol
3 sentabr, 14:33
Yamaykalik vinger “Aston Villa”ni tark etib, Gretsiya klubi safiga qoʻshildi.
Foto: Olympiacos