«Arsenal APL 2-turida «Aston Villa»ni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Jeymi Karrager Mikel Arteta jamoasining himoyadagi tashkilotchiligi va qanot himoyachilariga berilayotgan erkinlikni alohida ta’kidladi.
«Arsenal» to‘p ortida juda yaxshi tashkil etilgan. Bu ularga qanot himoyachilariga juda dadil harakat qilish imkonini beradi.
Mikel Artetaning ular bilan ishlashi va qanot futbolchilariga berayotgan erkinligi ajoyib. Pozitsiyalarning doimiy almashishi — ligada boshqa hech bir jamoada ko‘rmayotgan narsamiz.
Hozirda Rikardo Kalafyori ligadagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi, degan taassurot bor. U fantastik o‘ynamoqda.
«Aston Villa» qila oladigan yagona ish o‘yinda imkon qadar uzoqroq qolish edi. Chunki qarshimizda, ehtimol, jahon futbolidagi eng yaxshi jamoa — «Arsenal» turibdi», — dedi Karrager Sky Sports efirida.