Live
6
O'zbek

“Liverpul” Gakponing jamoada qolishini maʼlum qildi

Futbol
31 avgust, 12:42
“Qizillar” futbolchini “Siti”ga 85 mln funtga ham sotmadi. Endi Manchester klubi eʼtiborini “Everton” vingeriga qaratdi.
“Liverpul” Gakponing jamoada qolishini maʼlum qildi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Liverpul”ning hujumkor oʻyinchisi Kodi Gakpo oʻrniga “Everton”dan Iliman Ndiayeni transfer qilishi mumkin.

Avvalroq “shaharliklar” niderlandiyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 85 million funt taklif qilgani, “qizillar” esa uning oʻrniga munosib futbolchi topilgan taqdirdagina vingerni qoʻyib yuborishi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Ndiayening “Tottenhem”ga oʻtishi, forvard Risharlison esa “Everton”ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fabritsio Romanoning maʼlumotlariga koʻra, “Siti” bugun Ndiayening agentlari bilan bogʻlangan. Sababi, Gakponing transferi hali rasmiylashtirilmagan va bitim amalga oshmay qolishi mumkin edi. “Liverpul” futbolchiga oʻrinbosar topa olmasa, Kodini jamoada saqlab qolishni istisno qilmagan.

Ayni paytda Iliman Ndiayening “Tottenhem”ga oʻtishi ham xavf ostida, chunki Risharlison “Everton”ga qaytishni xohlayotganiga toʻliq ishonch hosil qilmagan.

Romano xabarni eʼlon qilganidan bir necha daqiqa oʻtib, “Liverpul” Gakponing oʻrniga futbolchi topa olmagani sababli uni jamoada saqlab qolishga qaror qilgani haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan “Siti”ning taklifi rad etildi, 27 yoshli vingerning oʻzi ham jamoada qolishga rozi boʻldi.

Endi “Man Siti” diqqatini “Everton”dan Iliman Ndiayeni va “Chelsi”dan Enso Fernandesni transfer qilishga qaratadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar