Live
4
O'zbek

Barkolya: «Bu hayotimdagi eng katta orzularimdan biri»

Futbol
31 avgust, 09:50
Fransiyalik futbolchi 2032 yilga qadar mersisaydliklar safida o‘ynaydi.
Barkolya: «Bu hayotimdagi eng katta orzularimdan biri»
Фото: Getty Images

«Liverpul» vinger Bredli Barkolya bilan shartnoma imzoladi. Fransiyalik 23 yoshli futbolchi mersisaydliklar a’zosiga aylanganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Liverpul» safida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish — men uchun katta faxr. Juda baxtliman. Bu jarayon ancha uzoq davom etdi. Hozir men istaydigan yagona narsa — maydonga tushish va o‘ynash. Bu yerda juda katta yutuqlarga erishishni xohlayman.

Avvalo Premer-ligada chempion bo‘lishni istayman. Bu hayotimdagi eng katta orzularimdan biri. Shu maqsadga erishib, bu jamoada uzoq muddat qolishni xohlayman. Shuning uchun ham uzoq muddatli shartnoma imzoladim va umid qilamanki, barcha maqsadlarimga erisha olaman», — deya Barkolyaning so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Bugungi yangiliklar