«Chelsi» «Roma» va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Manu Koneni transfer maqsadi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘klar» vakillari Konening atrofi bilan aloqa o‘rnatgan. Londonliklar Koneni markaziy yarimhimoyani kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Agar Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tsa, klub uning o‘rnini Manu bilan to‘ldirishni istamoqda.
Qayd etilishicha, Kone «Chelsi» uchun yagona variant emas. London klubi «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamaraga ham qiziqmoqda. Biroq Kone ham jamoa uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kone o‘tgan mavsumda «Roma» safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.