Bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston U-20 milliy jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari O‘zbekiston mezbonlik qiladigan B guruhidan o‘rin olgan o‘yinlarda qatnashadi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilarga Bangladesh, Hindiston va Suriya U-20 milliy jamoalari raqiblik qiladi.
Barcha uchrashuvlar Toshkentdagi «Do‘stlik» stadionida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq U-20 Osiyo kubogining saralash bosqichidagi guruhlar qanday ko‘rinish olgani ma’lum qilingandi.

Foto: O‘FA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi