Live
11
O'zbek

APL. «MYu» o‘z maydonida «Ipsvich»ni yirik hisobda yengdi, Fernandeshdan het-trik

Futbol
30 avgust, 13:24
Kerrik jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. «MYu» o‘z maydonida «Ipsvich»ni yirik hisobda yengdi, Fernandeshdan het-trik
Фото: Getty Images
30.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 5 : 2 Ipsvich Ipsvich

Angliya Premer-ligasi 2-turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Ipsvich»ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda mehmonlar dastlab hisobni ochdi.

Ammo «qizil iblislar» safida Brunu Fernandesh het-trikka erishdi. Shuningdek, mehmonlar futbolchisi Grivis avtogolga mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 3 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Ipsvich» esa 3 ochko to‘plab, 12-pog‘onada.

APL. 2-tur
Manchester Yunayted — Ipsvich 5:2
Gollar:
Fernandesh 40, 61 penalti, 68, Grivis 56 avtogol, Mbeumo 82 – Devis 29, Akpom 90+1
Manchester Yunayted — Lammens, Dalot (Yoro, 74), Maguayr, Martines, Fernandesh, Reshford, Kunya (Sheshko, 80), Tilemans, Mbeumo, Shou (Mazraui, 73), Maynu (Andrey Santos, 80).
Ipsvich — Sherpen, O'Shi, Diop, Grivis, Devis, Lukich, Nunes (Palasios, 62), Fatavu, Ensiso, Mayeda, Emerson (Akpom, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Ipsvich Ipsvich
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar