Bugun
66
O'zbek

«Manchester Yunayted»ga Sorlot xizmatlarini taklif qilishdi

Futbol
30 avgust, 02:57
«Atletiko» klubi forvardi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Manchester Yunayted»ga Sorlot xizmatlarini taklif qilishdi
Foto: Gettyimages

«Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Sorlotning xizmatlarini ingliz grandi «Manchester Yunayted»ga taklif qilishdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli norvegiyalik faoliyatidagi yangi chaqiruvga tayyor. Biroq «matraschilar» munosib o‘rinbosar topa olmasa, Aleksandrni qo‘yib yubormoqchi emas.

Yangi mavsumda Sorlot jarohat tufayli hali maydonga tushganicha yo‘q. O‘tgan mavsumda forvard 54 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma yetkazib berishni uddalagan edi.

Ma’lumot uchun, Sorlotning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar