Live
1
O'zbek

Bundesliga debyutanti 9-daqiqada ikkita gol urdi - bu mutlaq rekord

Futbol
30 avgust, 01:14
Germaniya chempionati debyutanti «Elversberg» kutilmaganda Leverkuzenning «Bayer» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Bundesliga debyutanti 9-daqiqada ikkita gol urdi - bu mutlaq rekord
Foto: Gettyimages
29.08.2026 FT Bundesliga Germaniya Elversberg Elversberg 3 : 2 Bayer Bayer

Germaniya Bundesligasining debyutanti «Elversberg» o‘zining oliy ligadagi o‘yinlarini juda samarali boshladi. Yangi jamoa Germaniyaning eng nomdor klublaridan biri bo‘lgan Leverkuzenning «Bayer» klubini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bundan tashqari, «Elversberg» o‘zining dastlabki 2 ta golini o‘yinning 9 daqiqasidayoq kiritdi, bu Germaniya Bundesligasining barcha davrlardagi mutlaq rekordiga aylandi. Hali hech qachon oliy ligada debyut qilayotgan klub o‘zining dastlabki ikkita golini bunchalik tez urmagandi.

Keyingi turda debyutant safarda Menxengladbahning «Borussiya»siga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs 5-sentyabrga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elversberg Elversberg
  • Bayer Bayer
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar