Live
1
O'zbek

Kerrik: «Maunt top futbolchi, u hali o‘zini ko‘rsatadi»

Futbol
30 avgust, 00:47
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi angliyalik yarimhimoyachi haqidagi savolga javob berdi.
Kerrik: «Maunt top futbolchi, u hali o‘zini ko‘rsatadi»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Maykl Kerrik yarimhimoyachi Meyson Maunt haqidagi savolga javob berdi.

27 yoshli futbolchi navbatdagi jarohat sabab mavsum startini o‘tkazib yubormoqda. Maunt mavsumga tayyorgarlik davomida «PSJ»ga qarshi bo‘lgan bahsda jarohat olgan edi.

Foto: Gettyimages

«Shubhasiz, Meyson juda katta foyda keltirishi mumkin. U top-futbolchi va mavsumoldi yig‘inlarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Jarohat olganiga ko‘p bo‘lmadi, u tezda sport formasini tiklab olishi kerak.

Maunt bilan ishlash oson, uning ajoyib fe’l-atvori va ishga to‘g‘ri yondashuvini e’tirof etish zarur. Bu kichik jarohat uni ranjitdi, ammo u Meyson ushbu mavsumda o‘zini ko‘rsatishiga to‘siq bo‘la olmaydi», – deya Kerrik so‘zlaridan iqtibos keltirdi centredevils.

Eslatib o‘tamiz, bugun 18:30da Premer-liga 2-turi doirasida «Manchester Yunayted» «Ipsvich»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar