Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchining vakillari bilan kelishuvga erishgach, «Liverpul» yarimhimoyachisi Kodi Gakpo transferi uchun 85 mln funt sterling (99 mln yevro) taklif qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» kelishuvni yakunlash uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda. «Manchester Siti» «Liverpul»ning o‘yinchiga o‘rinbosar topganidan so‘ng, ortiqcha qarshilik ko‘rsatmasligini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2023-yil yanvaridan buyon mersisaydliklar safida to‘p tepib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Gakponing aktual transfer narxini 60 mln yevroga baholamoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi