«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak «Nottinghem Forest»ga qarshi 2:2 hisobidagi bahsdan so‘ng jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan hamkorligi haqida fikr bildirdi.
«Hammasi yaxshi ketmoqda. Yangi uslubga moslashish uchun doimo vaqt kerak. Murabbiy bizdan talab qilayotgan futbolni namoyish etish uchun astoydil ishlayapmiz. Uning g‘oyalarini maydonda yaxshiroq amalga oshira boshlasak, natijalar ham ko‘p kuttirmasligiga shubham yo‘q», — dedi Isak TNT Sports nashriga.
Isak «Nottinghem Forest»ga qarshi bahsning 60-daqiqasida gol urdi.
«Oxir-oqibat, mening vazifam — gol urish. Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Har bir hujumchi o‘zi maydonga tushgan har bir bahsda gol urishni xohlaydi», — dedi shvetsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahsdan so‘ng «Liverpul» 2 ochko bilan 10-o‘rinda, «Nottinghem Forest» esa 1 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.