Live
28
O'zbek

Iraola «Liverpul»dagi dastlabki 2 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

Futbol
29 avgust, 09:59
Ispaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruvidagi ilk ikki bahsda ham durang qayd etdi.
Iraola «Liverpul»dagi dastlabki 2 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi
Foto: Getty Images
29.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 2 : 2 Nottingem F Nottingem F

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa boshqaruvidagi dastlabki ikki uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.

43 yoshli bask mutaxassisi mavsumoldi tanaffusida «Liverpul» bosh murabbiyiga aylangan va Arne Slotning o‘rnini egallagan. APLning 1-turida «qizillar» safarda «Nyukasl» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. «Liverpul» hisobni 99-daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga tenglashtirdi.

Bugun esa «Liverpul» o‘z maydonida «Nottinghem Forest»ni mag‘lub eta olmadi — 2:2. Mezbonlar ikki bor hisobda ortda qolib, javob golini urdi. 82-daqiqada ispaniyalik Viktor Munyos jamoasiga durangni ta’minladi. Bu uning «Liverpul» safidagi ilk goli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» navbatdagi bahsini 4 sentyabr kuni safarda «Ipsvich»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Nottingem F Nottingem F
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar