UEFA Chempionlar Ligasi 2026/27 yilgi mavsumining umumiy bosqichi uchun to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 ta bahs o‘tkazadi. Shundan 4 tasi o‘z maydonida, yana 4 tasi safarda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu mavsumdan boshlab bir klubning bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.


Foto: uefa.com
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi