“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn yangi mavsumda Chempionlar ligasida gʻoliblik uchun asosiy favoritlarni aytdi.
“Menimcha, asosiy favorit — «PSJ”, chunki ular ikki yildan beri gʻolib boʻlishmoqda. Albatta, boshqa jamoalar ham bor — “Bavariya”, “Arsenal”, “Real”, “Barselona”... Barcha yirik klublar kurashadi.
Biz endigina boshlayapmiz. Togʻ etagidamiz va oldinda hali uzoq koʻtarilish bor. Hozir eng muhimi — oldinga harakat qilishda davom etish va bu mavsumda gʻoliblik uchun kurashish. Chempionlar ligasi esa, shubhasiz, bizning asosiy maqsadlarimizdan biri», — dedi angliyalik forvard Marca nashriga bergan intervyusida.
“Bavariya” Chempionlar ligasining umumiy bosqichida oʻz maydonida “Arsenal”, “Betis”, “Budyo-Glimt” va “Slaviya” klublariga qarshi oʻynaydi. Safarda esa “Atletiko”, “Manchester Yunayted”, “Lill” va “Viking” bilan bahs olib boradi.
Keyn YCHL gʻolibligi uchun asosiy favoritni aytdi
Futbol
28 avgust, 03:44
“Bavariya” hujumchisi myunxenliklar ham chempionlik uchun kurashishini taʼkidladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi