«Fenerbahche» uzoq tanaffusdan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytdi.
Ismoil Kartal jamoasi saralashning hal qiluvchi bosqichida «Lion»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lub etib, turnirning asosiy bosqichiga yo‘l oldi. Javob uchrashuvida turkiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bunga qadar «Fenerbahche» saralashning avvalgi bosqichlarida «Shturm»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0, «Gurnik»ni esa 2:1 hisobida taslim etgandi.
Ma’lumot o‘rnida, jamoa so‘nggi marta 2008/2009 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etgan. O‘shanda jamoa tarkibida Roberto Karlos, Emre Belo‘zog‘lu va Daniel Guisa kabi futbolchilar to‘p tepgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi