Bugun
20
O'zbek

«Manchester Siti» 93 mln yevrolik vingerga qiziqish bildirdi

Futbol
26 avgust, 17:26
Senegallik futbolchi «Tottenhem»ga ketgan Savioni o‘rnini to‘ldirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
«Manchester Siti» 93 mln yevrolik vingerga qiziqish bildirdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» «Everton» vingeri Iliman Ndiayega qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Savioni «Tottenhem»ga sotganidan keyin «shaharliklar»ning qanotdagi yangi transfer maqsadiga aylangan.

«Everton» senegallik futbolchining narxini 80 mln funtga, ya’ni 93 mln yevrodan ko‘proqqa baholamoqda. Ndiayega «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda, biroq London klubi uchun asosiy maqsad «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvarez bo‘lib qolmoqda.

Ndiaye «Everton» safida 73 ta uchrashuvda 17 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 55 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar