«Manchester Siti» markaziy yarimhimoyachisi Niko Gonsales «Nyukasl»ga transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transferning rasmiy e’loni yaqin 24 soat ichida amalga oshirilishi kutilmoqda. Kelishuv qiymati 58,5 million yevroni tashkil qiladi.
Gonsales «Manchester Siti» safida 2025-yil fevralidan buyon to‘p tepmoqda. «Barselona» tarbiyalanuvchisi Angliyaga «Portu»dan ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.